IT va dasturlash
- Kurs kitobi darslar bo‘yicha belgilangan
- Yakuniy test va 60 ta sertifikat
- Onlayn dars: kamera + kitob sahifasi
Jadval, o‘quvchilar va ota-onalar, to‘lovlar va Paynet, testlar, xonalar, onlayn darslar, xodimlar va ish haqi — o‘quv markazi yoki maktab uchun bitta dasturda, o‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Har bir sahifa — menyudagi bitta bo‘lim. Pastga aylantiring, kitob o‘zi varaqlanadi.
Huquqlar lavozimdan kelib chiqadi. O‘chirish — parol bilan, xodimlar uchun esa faqat direktor yoki administrator ruxsati bilan.
Butun maktab: moliya, xodimlar, ish haqini tasdiqlash, o‘chirish so‘rovlari va kim onlayn ekani.
To‘lovlar, qarzlar, kartalar va hisoblar, ish haqi qaydnomasi va to‘lash.
O‘z darslari, yo‘qlama, baholar, testlar, onlayn dars va o‘z ish haqi.
Farzandi hozir qaysi xonada, baholar, to‘lovlar, o‘qituvchi bilan chat va Telegram-bot.
Jadval, uy vazifasi, testlar va onlayn dars — faqat joriy dars, kelgusilarisiz.
Bitta tizim — har bir yo‘nalishga kerakli imkoniyatlar bilan.
Barcha tariflarda, qo‘shimcha to‘lovsiz.
8 yoki 12 dars — yo‘qlama bo‘yicha o‘zi yechiladi, muzlatish va tugash haqida eslatma.
Barcha xabarlar bitta oynada, yangi yozgan — darhol lid, kechasi avtojavob.
Darsdan keyin baho va NPS so‘rovi, past baho — darhol vazifa.
«Agar — unda»: 2 ta qoldirilgan dars, qarz, tugayotgan abonement — vazifa o‘zi paydo bo‘ladi.
Ballar, nishonlar, oy topshiriqlari va foydali mukofotlar — o‘qishga chegirma, qayta topshirish, mahsulotlar.
Ota-ona kabinetida imzolaydi: PIN, qo‘lda imzo va SHA-256 iz.
Xodim «Keldim / Ketdim» tugmasini bosadi, direktor tabelni ko‘radi.
Har bir manba: reklama xarajati, lidlar, yangi o‘quvchilar va ROI.
Til markazi, IT, bolalar, imtihon, avtomaktab, to‘garak — kurslar va tariflar bir bosishda.
IXI Foundation 2 bo‘yicha 1500 dan ortiq savol — rus va o‘zbek tillarida.
Nusxada maktabning barcha bo‘limlari, brauzerda qancha joy qolgani ko‘rinadi.
«Obuna»da: nechta o‘quvchi, filial va o‘qituvchi — va qaysi tarif mos keladi.
Ballar, darajalar, nishonlar va oy topshiriqlari o‘quvchini darsga qaytaradi, ota-onani esa o‘qishga qo‘shadi. Ballar haqiqiy foydaga almashtiriladi.

O‘quv markazlarining kundalik ishidan tug‘ilgan: mahalliy to‘lovlar, qonunlar va uch til — qo‘shimcha sozlashsiz.









O‘quvchilar va ota-onalar ma’lumotlari maxfiy. X Maktab ularni himoya qilish uchun qurilgan.
AES-GCM: parolsiz ma’lumotlarni hech kim ocholmaydi.
Har bir kirish, o‘zgarish va to‘lov — vaqt va muallif bilan, imzolangan zanjir.
Direktor va administrator parolini kiritib o‘chiradi, boshqa xodimlar — faqat ularning ruxsati bilan.
Kitob, test va PDF da — maktab logotipi va ko‘ruvchi ismi.
Har bir xodim faqat o‘z bo‘limlarini ko‘radi; kirishni IP manzil bo‘yicha cheklash mumkin.
Server versiyasida ma’lumotlar faqat maktab serverida — O‘zbekiston qonunchiligiga mos.
Birinchi oy — bepul va barcha imkoniyatlar bilan. Keyin maktab hajmiga qarab oylik obuna yoki bir marta sotib olinadigan server versiyasi.
Paynet, Click, Payme yoki bankingiz ilovasi orqali kartaga o‘tkazma. Izohda — «X Maktab» va kabinet ID.
Yuridik shaxslar uchun: «XOBILOV UZ» MChJ hisob raqamiga, tizimdagi hisob-faktura bo‘yicha.
To‘lovdan keyin chek va kabinet ID ni Telegram @xobilovuz ga yuboring — kalit keladi, uni «Obuna» bo‘limiga kiritasiz.
Ballar o‘quvchini darsga, ota-onani esa o‘qishga qaytaradi: davomat, baholar, seriyalar, oy topshiriqlari va oila faolligi uchun beriladi. Ularni o‘qishga chegirmaga (to‘lovga avtomatik yoziladi, limiti bor), bepul qayta topshirish, qo‘shimcha konsultatsiya va do‘kondagi mahsulotlarga almashtirish mumkin. Mukofotlar va narxlarni maktab o‘zi belgilaydi.
Hech narsa o‘chmaydi va bloklanmaydi. Limitga yetganda yangi faol o‘quvchi, filial yoki o‘qituvchi qo‘shib bo‘lmaydi — tizim yuqoriroq tarifni taklif qiladi. Arxivdagi o‘quvchilar limitga kirmaydi, sinov oyida cheklov yo‘q.
Ha. Telegram-bot maktabingiz nomidan ota-onalarga yozadi va xabarlarni qabul qiladi. WhatsApp Business va Instagram rasmiy Meta API orqali ulanadi: barcha yozishmalar X Maktabda bitta oynada, yangi yozganlar lidlarga tushadi, ishdan tashqari vaqtda avtojavob ketadi.
7 kun qolganda tizim eslatadi. Tarifni to‘lab kalit kiritsangiz, ish davom etadi. To‘lanmasa, 3 kun ogohlantirish bilan ishlaydi, keyin xodimlar kirishi to‘xtaydi — ma’lumotlar o‘chirilmaydi, direktor zaxira nusxasini yuklab olishi mumkin.
Yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tasiz va darhol ishlaysiz — hech qanday to‘lov ma’lumoti so‘ralmaydi.
Obunada — kabinet ochilgan kompyuter brauzerida, parol bilan shifrlash va zaxira nusxa bilan. Server versiyasida — maktabingiz serverida: bir nechta kompyuter va telefondan ishlash mumkin, ma’lumotlar faqat sizda.
Faqat sizning xodimlaringiz — lavozim huquqlari doirasida. Biz o‘quvchilar bazasiga kirmaymiz: u parol bilan shifrlangan. Yordam kerak bo‘lsa, direktor o‘zi ekranni ko‘rsatadi yoki zaxira nusxani yuboradi.
Tizim zaxira nusxalarni o‘zi oladi; direktor ularni faylga yoki serverga saqlaydi va yangi kompyuterda bir daqiqada tiklaydi. Direktor parolini ishonchli joyda saqlang: ma’lumotlar u bilan shifrlangan, parolsiz ularni hech kim, hatto biz ham ocholmaydi.
Har bir sahifada suv belgisi: maktab logotipi, o‘quvchi ismi va UID. O‘quvchi faqat joriy darsni ko‘radi. Nusxa tarqalsa, kimdan chiqqani darhol bilinadi.
Ha, 5 yil. Har bir kirish, o‘zgarish, to‘lov va o‘chirish — vaqt va xodim bilan. Jurnalni faqat direktor ko‘radi va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ha, bepul. O‘quvchilar, guruhlar va qarzlar Excel dan yuklanadi; boshqa CRM dan eksport faylini yuborsangiz, o‘zimiz moslab beramiz.
Asosiy shartnoma — saytdagi ommaviy oferta: to‘lov qilish uni qabul qilish hisoblanadi. Yuridik shaxslar uchun qog‘oz shartnoma, hisob-varaq va elektron hisob-faktura beramiz.
Hisob raqamga pul o‘tkazish, Paynet yoki karta orqali. To‘lovdan keyin litsenziya kaliti yuboriladi — uni «Obuna» bo‘limiga kiritasiz.
Faqat o‘quvchilar va filiallar soni bilan. Barcha tariflarda imkoniyatlar bir xil: abonementlar, Telegram, WhatsApp va Instagram, Paynet, SMS, testlar, onlayn darslar, hujjatlar va ish haqi.
Bir martalik to‘lov — muddatsiz litsenziya. Birinchi yil yangilanishlar va yordam bepul. Keyin xohishga ko‘ra 6 oy yoki 1 yillik yangilanish paketi; paketsiz sotib olingan versiya ishlayveradi.
Ha. Kunlik ish — jadval, yo‘qlama, to‘lovlar — internetsiz ishlaydi. Internet faqat SMS, Telegram, Paynet va onlayn darslar uchun kerak.
Tizim o‘zbek, rus va ingliz tillarida. Kurs, guruh va kitoblar uchun 16 ta o‘qitish tilini belgilash mumkin: ingliz, nemis, koreys, yapon, fransuz va boshqalar.
Ha. Telegramda yoki onlayn qo‘ng‘iroqda tizimni ko‘rsatamiz; har bir bo‘limda «Yordam» bor — kimga nima ochiqligi bilan.
Tizimni ko‘rsatamiz, ma’lumotlaringizni ko‘chirishga va xodimlarni o‘rgatishga yordam beramiz.
Sayt mavzu, til va narxlarni eslab qolish uchun brauzer xotirasidan (localStorage) foydalanadi. Kuzatuv va reklama cookie-lari yo‘q. Batafsil